2002-2003-yillarda tugʻilgan qizlar voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida bahslashmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 3-oktyabrdagi 1128-sonli buyrugʻiga muvofiq joriy yil 5-10-oktyabr kunlari 2002-2003-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi.

Musobaqaga Andijon viloyati Marhamat tumanida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi voleybol va shaxmat maktabi mezbonlik qilmoqda.

10-oktyabrga qadar davom etadigan ushbu musobaqada respublikamizning Andijon, Fargʻona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Xorazm viloyatlari jamoalari gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi.

Musobaqa Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 9-iyundagi 681-sonli “COVID-19 pandemiyasi davrida hududlarda sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar, musobaqalar hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga muvofiq, karantin talablari asosida tashkil etildi.

Oʻzbekiston chempionati bahslari Sirdaryo va Xorazm viloyati voleybolchi qizlari oʻrtasidagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda vohalik qizlar yirik – 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Shundan soʻng, maydonga Jizzax va Fargʻona viloyati jamoalari tushishdi. Oʻyinda 3:1 hisobi bilan fargʻonaliklarning qoʻli baland keldi.

Musobaqa davom etmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *