Ahmadaliyev chempionlik kamarlari himoyasi uchun jang qilishi kutilyapti

Professional boks tarixidagi rekord – eng kam jang oʻtkazib, ikki kamarni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi boʻyicha maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, bokschimiz noyabr oyining oxirgi haftasida ringga koʻtariladi va unda oʻziga tegishli boʻlgan WBA va IBF jahon chempionlik kamarlarini himoya qiladi. Ahmadaliyevning raqibi IBF yoʻnalishida majburiy daʼvogar va vaqtinchalik jahon chempioni yaponiyalik Ryosuke Ivasa boʻlishi kutilyapti. Bu borada tomonlar muzokaralarni olib bormoqda.

Ushbu boks oqshomi “Matchroom” kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi va unda bir qator mashhur nomlar jang oʻtkazishi kutilyapti.

Maʼlumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev shu paytga qadar prof boksda 8 ta jang oʻtkazib, barchasida gʻolib boʻlgan boʻlsa, boʻlajak raqibi Ryosuke Ivasa 27 ta jangda qatnashib, ularning 24 tasida gʻolib boʻlgan. 3 bor magʻlubiyat alamini totib koʻrgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *