Aholi salomatligini mustahkamlash boʻyicha Buxoro viloyati boʻylab badantarbiya mashgʻulotlari muntazam tashkil etilmoqda

Mamlakatimizda karantin talablari yumshatilgach, aholining oʻz salomatliklarini mustahkamlashlari uchun jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini olib borishlari uchun yana-da yaxshiroq imkoniyatlar yaratib berish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa hozirda dolzarb boʻlgan sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda muhim ahamiyatga ega.

Inson salomatligini saqlab turishida jismonan baquvvat boʻlishi talab etiladi. Bu esa har kuni muntazam ravishda amalga oshiriladigan badantarbiya mashgʻulotlari bilan mustahkamlanadi.

Buxoro viloyati boʻylab har bir hududda mahallalarda, korxona va tashkilotlarda xodimlar hamda mahalliy aholi ishtirokida ommaviy badantarbiya mashgʻulotlari muntazam oʻtkazilmoqda.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tizimidagi sport inshootlari barcha uchun ochiq. U yerda har kuni sportchilar va mahalliy aholi badantarbiya va boshqa sport mashgʻulotlari bilan bemalol shugʻullanishlari mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *