Amudaryo tumanida ham futbol musobaqalari qizgʻin davom etmoqda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanida jami 49 ta mahalla mavjud boʻlib, tuman aholisi 193 329 nafarni tashkil etadi. Shundan 78 330 nafari voyaga yetmagan yoshlardir.

Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tasarrufida jami 14 ta sport inshooti (shundan 2 tasi stadion, 3 ta sport zal, bitta basseyn, 8 ta sport maydonchasi) mavjud boʻlib, ularda 59 nafar malakali trener 1 300 nafardan ziyod oʻgʻil-qizga sportning sir-asrorlarini oʻrgatib kelmoqda.

Qolaversa, tuman hududida 2 ta stadion hamda 15ta sunʼiy qoplamali futbol maydonchalari yoshlar ixtiyoriga berib qoʻyilgan. Joriy yil 27-29-avgust kunlari Amudaryo tumanida mini-futbol boʻyicha 13-14 yoshli bolalar oʻrtasida “Mahallada futbol”,9-12 yoshli bolalar oʻrtasida “Futbolimiz kelajagi” hamda 15-16 yoshdagi oʻsmirlar oʻrtasida “Charm toʻp-2020” ommaviy futbol musobaqalarining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Taʼkidlash joiz, mazkur futbol musobaqalariga Amudaryo tumanida mavjud 49 ta mahalla fuqarolar yigʻinlaridan jami 1960 nafar yoshlar jalb qilindi. Qizgʻin va oʻta murosasiz kechgan musobaqalarda gʻolib chiqqan mahalla futbol jamoalari endi 7-9-sentyabr kunlari tashkil etiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi yakuniy bosqichida oʻz omadini sinab koʻradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *