Bank xodimlari oʻrtasida “Pandemiyani sport bilan yengamiz” shiori ostida musobaqa oʻtkazildi

Poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasida Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi hamda “Asaka bank” ATB hamkorligida “Pandemiyani sport bilan yengamiz” shiori ostida velopoyga tashkil etildi.

Unda “Asaka bank”ning markaziy apparati va viloyatlardagi filiallarida faoliyat olib boradigan 130 nafarga yaqin xodim oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishdi. Taʼkidlash joiz, mazkur musobaqa yurtimizda ommaviy sport va sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish, xususan, yurtboshimiz ilgari surgan jismoniy tarbiya va sportni yana-da targʻib qilish maqsadida tashkil qilindi.

Musobaqa gʻolib va sovrindorlari:

1. Nozima Iskandarova (Fargʻona filiali)

2. Feruza Abdurahimova (Andijon)

3. Dilzoda Mamajonova (Qoʻqon)

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *