Basketbol: Oʻzbekiston chempionati finaliga Adliya vaziri tashrif buyurdi va gʻoliblarni taqdirladi

Kecha poytaxtimizda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun respublika kalendar rejasidan oʻrin olgan basketbol boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati yakunlandi.

2008-2009-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan ushbu musobaqada 9ta jamoa uchta guruhda boʻlingan holda gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

A guruhidan Namangan, Navoiy va Fargʻona viloyati, B guruhidan Toshkent shahri, Andijon va Xorazm viloyati, S guruhidan esa Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyati jamoalari oʻrin olishdi. Afsuski yilning soʻnggi musobaqasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari jamoalari yetib kelishmadi.

Musobaqa Nizomiga koʻra, oʻz guruhlarida gʻolib chiqqan hamda 2-oʻrin egalari orasida eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar yarim finalga yoʻl olishdi.

Guruh bahslari natijalari:

A guruhi

Namangan – Navoiy – 41:36

Fargʻona – Namangan – 19:48

Navoiy – Fargʻona – 41:21

B guruhi

Toshkent sh. – Andijon – 40:52

Xorazm – Toshkent sh. – 33:28

Andijon – Xorazm – 30:22

S guruhi

Samarqand – Toshkent vil. – 42:12

Toshkent vil. – Sirdaryo – 12:35

Sirdaryo – Samarqand – 25:40

Shu tariqa yarim finalga Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlari guruh gʻolibi boʻlib, navoiylik oʻsmirlar esa eng yaxshi 2-oʻrin sohibi sifatida yoʻl olishdi.

½ final

Samarqand – Andijon – 36:33

Namangan – Navoiy – 55:31

3-oʻrin uchun

Navoiy – Andijon – 22:21

Final

Namangan – Samarqand – 49:36

Musobaqaning final oʻyini va gʻoliblarni taqdirlash marosimiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri, Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi prezidenti Ruslan Davletov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov, Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari Dilnoza Kattaxonova hamda boshqa mutasaddi rahbarlar tashrif buyurdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan insonlar avvalo anchayin murakkab kechgan joriy yilda sportda mana shunday yutuqlarga erishgan yoshlarni samimiy qutlar ekan, ularni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan ham muborakbod etishdi va 2021-yilda yana-da yorqin gʻalabalarga erishishlarini tilashdi.

Chempionat yakunida gʻolib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *