Baydarka va kanoe hamda parakanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari maʼlum boʻldi

Avval xabar berganimizdek, jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 9-oktyabrdagi 1158-sonli buyrugʻiga muvofiq baydarka va kanoe hamda parakanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga start berilgan edi.

Mazkur chempionat 10-21-oktyabr kunlari Toshkent dengizida boʻlib oʻtdi. Unda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 8ta jamoa tarkibidan joy olgan 800ga yaqin sportchi gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, umumjamoa hisobida 1-oʻrinni Toshkent viloyati jamoasi, 2-oʻrinni esa Toshkent shahri jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, faxrli 3-oʻringa Samarqand viloyati jamoasi munosib koʻrildi.

Mazkur chempionat bir vaqtning oʻzida terma jamoa aʼzolarining jismoniy tayyorgarligini koʻzdan kechirish hamda terma jamoaga munosib nomzodlarni saralash vazifasini oʻtab berdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *