Baydarka va kanoechilar Toshkent dengizida, slalomda eshkak eshuvchilarimiz esa Andijonda oʻzaro bahslashmoqda

Yurtimizda pandemiya bilan bogʻliq karantin talablarining asta-sekin yumshatilishi natijasida sport turlari boʻyicha boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari boshlab yuborildi.

Jumladan, jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 9-oktyabrdagi 1158-sonli buyrugʻiga muvofiq baydarka va kanoe hamda parakanoeda eshkak eshish sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga start berildi. Mazkur chempionat 10-21-oktyabr kunlari Toshkent viloyati Tuyaboʻgʻiz suv omborida joylashgan Suv sport turlari boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi tassarufidagi sport bazasida boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqa bir vaqtning oʻzida terma jamoa aʼzolarining jismoniy tayyorgarligini koʻzdan kechirish hamda terma jamoaga nomzodlarni saralash vazifasini oʻtaydi.

Shu kunlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 9-oktyabrdagi 1159-sonli buyrugʻiga muvofiq slalomda eshkak eshish boʻyicha ham Oʻzbekiston chempionati bahslari boʻlib oʻtmoqda. Chempionat Andijon viloyati Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga hududiga yaqin joylashgan anhorda boʻlib oʻtmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *