Baydarka va kanoechilarimiz “Toshkent dengizi”da yigʻilishdi

Butun dunyo boʻylab uzoq davom etgan pandemiya davridan soʻng oldinda turgan musobaqalarda munosib ishtirok etish uchun sportchilarimiz faol mashgʻulotlarga kirishgan.

Jumladan, sportning baydarka va kanoeda eshkak eshish turlari boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzolari ham Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumanidagi Tuya-boʻgʻiz qoʻrgʻonida joylashgan “Toshkent dengizi”da oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashmoqda.

Malakali murabbiylar nazorati ostida 14-sentyabr kuni boshlangan yigʻinda mamlakatimizning eng isteʼdodli yosh sportchilari jamlandi. Ular 7-oktyabrga qadar davom etadigan oʻquv-mashgʻulot yigʻinida sport formalarini yaxshi holatga keltirish va oldindagi musobaqalar uchun taktik tayyorgarliklar ustida ishlashadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *