Bel olish va uch kurash: kuchlilar Termizda aniqlandi

Xabar berganimizdek, shu yil 9-13-dekabr kunlari Termiz tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabida bel olish va uch kurash boʻyicha 2003-2004-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati hamda kattalar oʻrtasida mamlakat kubogi musobaqasi oʻtkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasining yillik-taqvimidan oʻrin olgan mazkur bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan 500 nafardan ortiq polvon gʻoliblik uchun kurash gilamiga tushishdi.

Musobaqada sportchilar oʻz vazn toifalariga koʻra bel olish va uch kurashning yoʻnalishlari boʻyicha murosasiz bahs olib borishdi. Yakuniy natijalarga koʻra, oʻsmirlar oʻrtasida Abduhakim Moʻydinov, Maʼrufjon Boltaboyev, Ilyosbek Ahmadjonov, Abduhakim Mahmudov, kattalar oʻrtasida Sarvar Mirzayev, Dilmurod Joʻrayev, Sayfiddin Yaxshiboyev singari polvonlar barcha raqiblarini yengib, oltin medallarga ega boʻlishdi.

Musobaqa yakuniga yetgach, gʻolib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *