Bel olish va uchkurash: Shirin shahrida oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi

Bugun Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabida bel olish va uch kurash boʻyicha 2005-2006 hamda 2007-2008-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston bel olish va uch kurash assotsiatsiyasining yillik taqvim rejasidan oʻrin olgan yilning soʻnggi musobaqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 500 nafardan ortiq yosh polvon gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida soʻz olgan Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nasiba Alimova, Oʻzbekiston bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Nosir Azizov sportchilarni qutlar ekan, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligiga keng eʼtibor qaratilayotgani, xususan, milliy sport turlariga boʻlgan qiziqish va eʼtiborning ortganini taʼkidlashdi. Shundan soʻng bellashuvlarga start berildi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, bugun bel olish kurash turi boʻyicha bel olish, bel olishning xalqa – chalish, bel olishning xalqa – chalishsiz yoʻnalishlarida 2005-2008-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar 10ta, qizlar esa 3ta vazn toifasida oʻzaro bellashishdi.

Musobaqalar 25-dekabrga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *