Belbogʻli kurash: Namangan Oʻzbekiston kubogiga mezbonlik qilmoqda

15-dekabr kuni Namangan viloyatining Namangan tumanidagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabida belbogʻli kurash boʻyicha 2006-2007-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi bellashuvlari boshlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasining yillik taqvim rejasidagi mazkur kubok bahslarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 300 nafarga yaqin yosh polvonlar ishtirok etishmoqda.

Taʼkidlash joiz, bellashuvlarda oʻgʻil bolalar belbogʻli kurashning erkin va klassik yoʻnalishlarida 11ta vazn toifasida oʻzaro kuch sinashayotgan boʻlsa, qizlar erkin yoʻnalishda 7ta vaznda gʻoliblik uchun kurash olib borishmoqda. Musobaqa 17-dekabrga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *