Belbogʻli kurash: polvonlarimiz Rossiyadagi jahon chempionatida ishtirok etadi

Joriy yil 9-13-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbogʻli kurash (borba na poyasax) boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur jahon chempionatida munosib ishtirok etish maqsadida bosh murabbiy Aʼzamjon Shokirjonov boshchiligida puxta hozirlik koʻrgan erkaklar va ayollar terma jamoamiz ertaga Qozon shahriga joʻnab ketadi.

10-dekabr kuni start beriladigan jahon chempionatida erkaklar belbogʻli kurashning klassik va erkin yoʻnalishida 8ta vazn toifasida, ayollar esa 5ta vazn toifasida bellashadi.

Belbogʻli kurash boʻyicha terma jamoamiz tarkibidan quyidagi sportchilar joy olgan:
Erkaklar (klassik yoʻnalishda):
-57 kg. Oybekjon Hamidov (Namangan),
-62 kg. Husanboy Nosirov (Andijon),
-68 kg. Oybek Sultonov (Andijon),
-75 kg. Nusratbek Sultonboyev (Andijon),
-82 kg. Husniddin Roʻziyev (Andijon),
-90 kg. Zaylobiddin Ortiqov (Toshkent sh.),
-100 kg. Aʼzamjon Anvarjonov (Andijon),
+100 kg. Sherzod Rahimov (Fargʻona)

Ayollar (erkin yoʻnalishda):
-52 kg. Madinaxon Akramova (Andijon), Farangiz Abdunabiyeva (Sirdaryo),
-57 kg. Manzuraoy Moʻydinova (Fargʻona),
-66 kg. Zemfira Azatova (Qoraqalpogʻiston Respublikasi),
-76 kg. Dilafroʻz Mamajonova (Namangan),
+76 kg. Anife Kurtseitova (Andijon), Sabohat Sheraliyeva (Fargʻona)

Erkaklar (erkin yoʻnalish):
-57 kg. Abbosjon Hamidov (Fargʻona),
-62 kg. Mamirjon Sulaymonov (Fargʻona),
-68 kg. Xolmirza Hasanboyev (Toshkent sh.),
-75 kg. Shavkat Umarov (Fargʻona), Ilhomjon Mashrabov (Andijon),
-82 kg. Azizbek Sodiqov (Fargʻona),
-100 kg. Obidali Mavlonov (Fargʻona),
+100 kg. Davron Abdurahmonov (Fargʻona)

Shuningdek, xalqaro toifadagi hakamlar Neʼmatulla Toʻychiyev, Mironshoh Roʻziyev, Toshkentboy Yaxshiboyev hamda Sergey Txaklar jahon chempionatida hakamlik qilishadi. Belbogʻli kurash boʻyicha Rossiyaga yoʻl olayotgan sport delegatsiyamizga Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov rahbarlik qiladi.

Polvonlarimizga jahon chempionatida muvaffaqiyat tilaymiz!Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *