Belbogʻli kurash: Rishtonda eng kuchli oʻsmirlar saralandi

Xabar berganimizdek, shu yil 21-22-noyabr kunlari Fargʻona viloyati Rishton tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabida 2007-2008-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq yosh polvon ishtirok etgan chempionatda bellashuvlar shiddatli va murosasiz bahslarga boy tarzda oʻtdi. Toshkentboy Yaxshiboyev boshchiligidagi hakamlar guruhi esa ikki kun davom etgan bellashuvlarda kuchlilarni aniqlab borishdi.

Musobaqada oʻgʻil bolalar klassik usulida 11ta vaznda, qizlar esa erkin yoʻnalishda 7ta vazn toifasida kurashishdi.

Quyida gʻolib sportchilar bilan tanishing:

Oʻsmirlar (klassik yoʻnalish)
-27 kg. Muhammadqodir Umaraliyev (Fargʻona),
-30 kg. Abdumajit Husanboyev (Andijon),
-33 kg. Ozodbek Salimov (Fargʻona),
-36 kg. Ulugʻbek Rahmonaliyev (Fargʻona),
-40 kg. Oʻtkirbek Davlatov (Namangan),-
-44 kg. Saidislom Saidjalolov (Toshkent vil.),
-48 kg. Yusuf Tursunov (Namangan),
-52 kg. Muhammadqodir Karimjonov (Toshkent sh.),
-55 kg. Mubosher Sobirov (Andijon),
-60 kg. Bexruz Ibrohimov (Toshkent vil.),
+60 kg. Saidaxmed Shektibayev (Qoraqalpogʻiston Respublikasi).

Qizlar (erkin yoʻnalish)
-33 kg. Naimaxon Supxonaliyeva (Fargʻona),
-36 kg. Madina Netbayeva (Qoraqalpogʻiston Respublikasi),
-40 kg. Nafisaxon Ravshanova (Andijon),
-44 kg. Arofat Muhammadova (Andijon),
-48 kg. Diyoraxon Oʻrozova (Andijon),
-52 kg. Eldora Alimboyeva (Qoraqalpogʻiston Respublikasi),
+52 kg. Muxlisa Sayfiddinova (Namangan).

Oʻsmirlar (erkin yoʻnalish)
-27 kg. Muhammadmubin Neʼmatjonov (Andijon),
-30 kg. Xojakbar Xayrullayev (Fargʻona),
-33 kg. Janaris Shinbatirov (Qoraqalpogʻiston),
-36 kg. Asadbek Abdulboqiyev (Namangan),
-40 kg. Kuanishbay Jumaniyazov (Qoraqalpogʻiston Respublikasi),
-44 kg. Ahliddin Mamatkarimov (Andijon),
-48 kg. Abdullo Abdujalilov (Andijon),
-52 kg. Ulugʻbek Muhammadjonov (Andijon),
-55 kg. Ozodbek Abdusattorov (Fargʻona),
-60 kg. Muhammadali Nishonov (Fargʻona),
+60 kg. Muhammadyusuf Moʻminov (Fargʻona).

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *