Belbogʻli kurash: Rishtonda oʻsmirlar Oʻzbekiston chempionligi uchun kurashga kirishdi

Bugun Fargʻona viloyati Rishton tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabida belbogʻli kurash boʻyicha 2007-2008-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun Respublika kalendar rejasiga muvofiq oʻtkazilayotgan musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan 200 nafardan ortiq yosh polvonlar gʻoliblik uchun oʻzaro bel olishmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar keyingi yillarda aholi orasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini taʼminlashga, sport turlari, xususan, milliy sport turlariga jiddiy eʼtibor qaratilayotganiga alohida toʻxtalib, boʻlajak musobaqada sportchilarga muvaffaqiyat tilashdi.

Shu tariqa oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatiga start berildi. Ushbu bellashuvlarda oʻgʻil bolalar belbogʻli kurashning erkin va klassik yoʻnalishlarida 11ta vazn toifasida oʻzaro kuch sinashsa, qizlar erkin yoʻnalishda 7ta vaznda gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *