Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi. Unda Osiyo va jahon chempionlari ishtirok etadi

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatiga start berildi. Musobaqa 7-noyabrga qadar davom etadi. Koʻpchilikni ushbu nufuzli musobaqada oʻzbek boksining qaysi yulduzlari ishtirok etishi qiziqtirishi tabiiy.

Albatta, AQSHga joʻnab ketgan terma jamoamiz sardori Bahodir Jalolov bu safargi mamlakat chempionatida qatnasha olmaydi. Ammo, Jalolovsiz ham ishtirokchilar tarkibi anchayin salmoqli.

Kecha boʻlib oʻtgan mandat komissiyasidan soʻng musobaqada ishtirok etuvchi bokschilar roʻyxati aniq boʻldi. Unga koʻra, Oʻzbekiston chempionatida Nodirjon Mirzahmedov, Mironshoh Ibragimov, Mirazizbek Mirzahalilov, Shunqor Abdurasulov, Abdumalik Xalakov, Shukurjon Rahimov, Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev, Mujibillo Tursunov, Aliyor Noraliyev, Bobousmon Baturov, Bilolbek Mirzarahimov, Fanat Qahramonov, Odiljon Aslonov, Dilshod Roʻzmetov, Kozimbek Mardonov, Sanjar Tursunov, Madiyar Saidrahimov, Jamshid Abdullayev, Lazizbek Mullajonov va boshqa taniqli hamda nomdor sportchilar ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *