Boks: Yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionlari aniqlandi

Xorazm viloyatining Urganch shahrida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakunlandi.

Bahslarda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 335 nafar yosh charm qoʻlqop ustasi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.

2003-2004-yillarda tugʻilgan bokschilar oʻrtasida oʻtkazilgan chempionatda 11 ta vazn toifasida yosh bokschilarimiz ringga koʻtarildi.

Oʻzbekiston boks federatsiyasi bergan maʼlumotga koʻra, mazkur chempionatda baʼzi vaznlarda jahon va Osiyo chempionati saralashlariga bokschilar ham koʻrikdan oʻtkazilgan. Musobaqaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bellashuvlarda sovrindor boʻlgan bokschilar Oliy oʻquv yurtlariga imtiyoz bilan kirish huquqiga ega boʻlishadi.

Eʼtiboringizga musobaqaning barcha gʻolib va sovrindorlari roʻyxatini taqdim etamiz:

-46 kg:

1-oʻrin: Ahmadjon Qoʻziboyev

2-oʻrin: Faryoz Doʻsmatov

3-oʻrinlar: Asilbek Jalilov, Muhammadjon Meliboyev

-49 kg:

1-oʻrin: Xoʻjanazar Nortojiyev

2-oʻrin: Muhammadqodir Mamirjonov

3-oʻrinlar: Jaloliddin Shamsiddinov, Sardor Akbarov

-52 kg:

1-oʻrin: Mirkomil Saidoxunov

2-oʻrin: Zayniddin Zayniddinov

3-oʻrinlar: Bekzod Xoldorov, Madiyar Daniyarov

-56 kg:

1-oʻrin: Lazizbek Yuldashev

2-oʻrin: Ernazar Toʻraboyev

3-oʻrinlar: Bunyod Umirzoqov, Ilhom Qahhorov

-60 kg:

1-oʻrin: Gʻofur Tohirov

2-oʻrin: Rivojiddin Yoʻldoshev

3-oʻrinlar: Husan Turdaliyev, Yoʻldoshali Toshpoʻlatov

-64 kg:

1-oʻrin: Lazizbek Fattoyev

2-oʻrin: Bekzod Bekmurodov

3-oʻrinlar: Mirzaahmad Mirzabekov, Asilbek Muhammadjonov

-69 kg:

1-oʻrin: Samandar Solijonov

2-oʻrin: Abdulaziz Rasulov

3-oʻrinlar: Azizbek Yusupov, Artur Rametullayev

-75 kg:

1-oʻrin: Jasurbek Yoʻldoshev

2-oʻrin: Shoyadbek Xoldarov

3-oʻrinlar: Begali Qirgʻizboyev, Javohir Mirzajonov

-81 kg:

1-oʻrin: Sardor Rahmonberdiyev

2-oʻrin: Asadbek Umarov

3-oʻrinlar: Doston Abdullajonov, Sarvar Sobirov

-91 kg:

1-oʻrin: Nusratbek Toxirov

2-oʻrin: Shahzodbek Rahmonov

3-oʻrinlar: Rahimjon Qahramonov, Akobir Qahramonov

+91 kg:

1-oʻrin: Ali Nuranov

2-oʻrin: Salohiddin Tohirov

3-oʻrinlar: Muhammad Fayzullayev, Fayoz Ravzaliyev

Jismoniy tarbiya va sport vazirligimatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *