Bosh sovrin “SPARK” avtomashinasi boʻlgan onlayn shaxmat musobaqasi avjida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Esports Uzbekistan federatsiyasi hamda Sport Luxury Event Promotion bilan hamkorlikda joriy yil 20-iyuldan shaxmat boʻyicha onlayn Oʻzbekiston musobaqasini oʻtkazayotganidan xabaringiz bor.

“Uyda qol va gʻalaba qozon!” shiori ostida oʻtayotgan musobaqaning shu kungacha uchta saralash bosqichi yakuniga yetib, natijalarga koʻra 300 nafar havaskor shaxmatchi joriy yil 20-dekabr kuni Toshkentda oʻtkaziladigan GRAND FINAL yoʻllanmasini qoʻlga kiritib ulgurishdi.

Shu kunlarda esa shaxmat boʻyicha onlayn Oʻzbekiston musobaqasining 4-tur bahslari qizgʻin davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etishni istagan yurtdoshlarimiz hoziroq roʻyxatdan oʻtib, bahslarga qoʻshilishi hamda omadi chopsa, eng kuchli shaxmatchilar qatorida GRAND FINAL ishtirokchisiga aylanishlari mumkin. Shunday ekan, imkoniyatni qoʻldan bermang. Darhol roʻyxatdan oʻting, shaxmat oʻynang va GRAND FINAL ishtirokchisiga aylaning!

Eslatib oʻtamiz, shaxmat boʻyicha onlayn Oʻzbekiston musobaqasining mutloq gʻolibi “SPARK” avtomobilini qoʻlga kiritadi. Agar yangi mashina minishni istasangiz, shaxmat oʻynang, gʻolib boʻling hamda “SPARK” avtomobili sohibiga aylaning!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *