“Bosh vazir kubogi-2020”: chorak finalchilar aniqlandi

Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va yirik korxona-tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida oʻtayotgan futbol boʻyicha “Bosh vazir kubogi-2020” musobaqasida kuchlilar saralanmoqda. Bugun 1/8 final oʻyinlari oʻtkazilib, chorak finalga yoʻl olgan barcha jamoalar nomi maʼlum boʻldi.

Gʻoliblik uchun kurashni davom ettirayotgan 8ta jamoadan uchtasi vazirliklar boʻlsa, qolganlari aksionerlik jamiyatlari, bank va boshqa tashkilotlardir.

Musobaqaning amaldagi gʻolibi – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi bu yil ham bosh sovrinni koʻzlamoqda, deyishga asoslar yetarli. Buni ular tomonidan qayd etilayotgan natijalar ham koʻrsatib turibdi.

Bungacha dastlabki bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarini amalga oshirish agentligini 5:0, keyin esa Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligini 4:1 hisobida magʻlub etgan Oliy sud jamoasi chorak final yoʻlida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitaga ham hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Yakuniy natija 6:1 va adolat himoyachilari chorak finalda.

“Bosh vazir kubogi-2020”. 1/8 final

“Milliy bank” – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi +:-

“Oʻzbekneftegaz” AJ – “Oʻzbekkoʻmir” AJ – 3:0

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi – Tashqi ishlar vazirligi – 0:1

Suv xoʻjaligi vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi – 2:1

SP “COSCOM” – Adliya vazirligi – 0:1

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi – “Fargʻonaazot” AJ – 0:0 (pen. 2:4)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmitasi – 6:1

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – 1:2

Ertaga oʻtkaziladigan chorak final juftliklari quyidagicha koʻrinish oldi:

“Milliy bank” – “Oʻzbekneftegaz” AJ

Tashqi ishlar vazirligi – Suv xoʻjaligi vazirligi

Adliya vazirligi – “Fargʻonaazot” AJ

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *