“Bosh vazir kubogi-2020”: ilk kundanoq kutilgan va kutilmagan natijalar

Bugun poytaxtimizdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasiga start berildi.

Dastlab jamoalar oʻtish bosqichida maydonga tushdi. Ularda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

“Asaka” bank – Madaniyat vazirligi – 6:0

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati – Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi – 5:3

Gidrometeorologiya xizmati markazi – Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi – 2:2 (pen. 3:1)

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi – 0:4

Xalq taʼlimi vazirligi – Tovar xom ashyo birjasi – 5:0

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi – “Milliy bank” – 0:5

Oʻzbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarini amalga oshirish agentligi – “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” – 3:0

Shundan soʻng 1/32 final bosqichiga start berildi. Bu bosqichda ham bir qator yirik hisoblar qayd etilishi barobarida ayrim jamoalar oʻyinga yetib kelishmaganligi koʻngilni biroz xira qildi.

Oʻyinlarda qayd etilgan natijalar:

“Mikrokredit” bank – “Uzvtorsvetmet” AJ – 7:1

“UniconUz-FTMTM” UK – Transport vazirligi – 1:0

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – Qurilish vazirligi +:-

“Oʻzbekneftegaz”AJ – Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti – 5:1

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – Milliy Olimpiya qoʻmitasi – 7:0

Respublika “Hunarmand” uyushmasi – Transport vazirligi xuzuridagi avtomobil yoʻllari qoʻmitasi – 1:9

“Oʻzbekkoʻmir” AJ – Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi – 6:0

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi – 2:2 (pen. 4:3)

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashi – Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi – 0:0 (pen. 6:7)

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi – Tashqi ishlar vazirligi – 0:5

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi – “Oʻztransgaz” AJ – 4:0

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona – Suv xoʻjaligi vazirligi – 0:9

Innovatsion rivojlanish vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi – 0:1

DUK “Sharq” nashriyoti – “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ – 0:1

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniya – Moliya vazirligi – 0:0 (pen. 2:4)

Adliya vazirligi – Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi +:-

“Oʻzdonmahsulot”AK – “Oʻzbektelekom” AJ -:+

5-oktyabr kuni 1/32 final bosqichining qolgan uchrashuvlari davom ettiriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *