“Bosh vazir kubogi-2020”: uchinchi bosqich ham yirik hisoblarga boy boʻldi

Shu kunlarda “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda boʻlib oʻtayotgan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona-tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasidagi “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasi kuchlilarni saralamoqda.

Bugun ishtirokchilar 1/16 final bosqich oʻyinlarida maydonga tushishdi. Taʼkidlash joiz, bu bosqichda ham yirik hisoblar qayd etildi. Xoʻsh, bu nimadan darak beradi, jamoalar saviyasi orasida farq kattaligidanmi yoki…

Bugun oʻtkazilgan 7ta oʻyindan faqat bittasida kichik hisob qayd etildi. Oʻzbekiston milliy axborot agentligi jamoasi aʼzolarida Covid-19 infeksiyasi aniqlanganligi bois ular musobaqani davom ettirolmasligini bildirishdi. Tomonlarning roziligiga koʻra OʻzA oʻrnini aynan 1/32 finalda ularga penaltilar seriyasida yutqazib qoʻygan Investitsiya va tashqi savdo vazirligi egalladi. Biroq, bu bosqichda ular Xalq taʼlimi vazirligi jamoasiga 2-1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Qolgan barcha oʻyinlar u yoki bu tomonning katta ustunligida oʻtdi. Faqat, musobaqa Nizomi talablarini qoʻpol ravishda buzgan “Gross insurance” oʻyinlardan chetlatildi.

“Bosh vazir kubogi-2020”. 1/16 final

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi – Suv xoʻjaligi vazirligi – 0:7

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi – “Gross insurance” MCHJ +:-

“Milliy bank” – “Mikrokreditbank” – 3:0

“Oʻzbekneftegaz”AJ – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – 3:0

Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yoʻllari qoʻmitasi – “Oʻzbekkoʻmir” AJ – 1:4

Xalq taʼlimi vazirligi – Investitsiya va tashqi savdo vazirligi – 2:1

Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi – Tashqi ishlar vazirligi – 1:7

Ushbu bosqichdan oʻrin olgan “UniconUz-FTMTM” UK hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamoalari uchrashuvi ertaga qoldirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *