Bugun yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev ringga koʻtariladi

Professional boksda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev bugun oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi.

Rossiyaning Krasnogorsk shahridagi “Vegas City Hall” arenasida tashkil etiladigan boks oqshomida Shohjahon belaruslik Dmitriy Mishyula bilan kuch sinashadi.

Boks oqshomidan oʻrin olgan janglar bugun, yaʼni 16-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Krasnogorksdagi boks kechasida Shohjahon Ergashevlar tashqari yana ikki nafar oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi ham reyting janglarida ishtirok etishi belgilangan. Jumladan, yarim oʻrta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Mirzakamol Neʼmatov oʻzining prof boksdagi ikkinchi jangini rossiyalik Alisher Ashurovga qarshi oʻtkazsa, professional boksda uchinchi marta ringga koʻtarilayotgan Alisher Shodiyev esa boshqa bir Rossiya vakili Muhammadrizo Mutalibovga qarshi jang qiladi.

Taʼkidlash kerak, mazkur professional boks kechasi “Sport TV” telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatilishi kutilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *