Buloqboshida “Hokim kubogi” yakunlandi, taqdirlash marosimida Oliy Majlis deputati ham ishtirok etdi

2020-yil 12-dekabr kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari oʻrtasida mini-futbol boʻyicha “Hokim kubogi” musobaqasiga start berilgan edi.

Ushbu musobaqada 36 ta tashkilot, korxona va muassasalardan 324 nafar ishchi xodimlar qatnashdi. Bugun ushbu musobaqaning yarim final va final oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Murosasiz kurashlarga boy tarzda va koʻtarinki ruhda kechgan musobaqada tuman Xalq taʼlimi boʻlimi jamoasi 1–oʻrinni egallab, “Hokim kubogi”ni qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin tuman Ichki ishlar boʻlimi jamoasiga nasib etgan boʻlsa, 3-oʻringa Milliy gvardiyaning tuman boʻlimi jamoasi sazovor boʻldi.

Gʻolib jamoalar tuman hokimligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, “Eng yaxshi hujumchi”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi oʻyinchi” nominatsiyalari boʻyicha ham gʻoliblar aniqlanib, qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

Musobaqaning final qismi va taqdirlash marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Maniyazov ishtirok etdi va musobaqa qatnashchilari va gʻoliblarini tabrikladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *