Buxoro aralash jang sanʼati turlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi

Mamlakatimizda karantin talablari yumshatilishi hamonoq, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi sport yo‘nalishida ham ish faoliyat jadallik bilan izga tushirilmoqda.

Joriy yilning 25 sentyabr kuni aralash jang sanʼati turlari bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasiga start beriladi. Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqada 16-17 yoshli o‘smirlar, 18 yosh va undan kattalar alohida kategoriyalarda g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Musobaqada yurtimizning barcha viloyatlardan o‘smirlar 10 ta vazn toifasida yoshlar esa 9 ta vazn toifasida jami 200 nafardan ziyod  sportchilar  o‘z mahoratlarini  hakamlar nazoratidan o‘tkazishadi.  

Maʼlumot uchun, shu yilning mart oyida aynan ushbu yoshdagi sportchilar o‘rtasida ilk marotaba tarixiy Mamlakat chempionati tashkil  etilgan bo‘lsa  pandemiya-karantin holatlari sabab o‘tgan 5 oy davomida o‘smirlar va yoshlar onlayn tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazgan va ushbu mashg‘ulotlarni tajribali murabbiylar nazorat qilib borishgan. Musobaqada 19 ta oltin, shuncha kumush va 38 ta bronza medallari o‘z egalariga topshiriladi. 

O‘zbekiston kubogi musobaqasining saralash janglari 25-26 sentyabr kunlari va uning hal qiluvchi uchrashuvlari esa 27 sentyabr sanasiga belgilangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *