Buxoro OZKda lotin alifbosining imlo qoidalari toʻgʻrisida uslubiy seminar tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si tasdiqlangan.

Mazkur nazorat rejaga asosan 2020-yil 14-dekabrda Buxoro olimpiya zaxiralari kollejida, kollej rahbariyati, ishchi-xodimlar va trenerlar uchun Buxoro Davlat universitetining professor-oʻqituvchilari, jumladan, filologiya fanlari nomzodi, dotsentlar D.Yoʻldosheva hamda G.Toirova ishtirokida uslubiy seminar tashkil etildi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni hamda oʻzbek adabiy tili meʼyorlari, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlari, koʻnikma va mahoratini oshirish boʻyicha savol-javoblar oʻtkazildi.

Ushbu uslubiy seminar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *