Buxoro viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi sovrinli tanlov eʼlon qildi

Jahon tajribasi koronavirusga chalingan sogʻlom odamlarning aksariyati bir hafta ichida sogʻayib ketishi va tibbiy parvarishga muhtoj boʻlmasligini koʻrsatmoqda. Shunday ekan, nafaqat shu kunlarda, balki butun hayotimiz davomida sogʻlom turmush tarziga amal qilgan holda sport bilan muntazam shugʻullanaylik. Aziz yurtdoshlar, unutmang sogʻlom ovqatlanish va badantarbiya mashgʻulotlari salomatligimizning asosiy tirgagidir.

Shu bois, Buxoro viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi “Sport bilan barchasini yengamiz” shiori ostida maxsus tanlov asosida barchani koronavirusga qarshi kurashishga chorlaydi. Siz ham ushbu tanlovda ishtirok eting va maxsus sovrinni qoʻlga kiriting.

Tanlov shartlari bilan tanishing!

Buning uchun, siz oilangiz bilan tonggi badantarbiya va sport mashgʻulotlarini bajaring va uni qoʻl telefoningiz yordamida tasvirga olib, telegramdagi @buxsportbot ga joʻnating. Video rolik 2-3 minutdan oshmasligi hamda barchani sport mashgʻulotlariga chorlovchi boʻlishi lozim!

Eng yaxshi va mazmunli video mualliflari gʻolib deb topilib, Buxoro viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Tanlov 17-30-aprel kunlari boʻlib oʻtadi. Shoshiling, imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

Uyda qoling! Badantarbiya bilan shugʻullaning! Biz siz bilan koronavirusni yengamiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

tuzla escort kurtköy escort pendik escort kartal escort maltepe escort bostancı escort gebze escort ümraniye escort kadıköy escort kaynarca escort ataşehir escort istanbul escort üsküdar escort çekmeköy escort sultanbeyli escort anadolu yakası escort sancaktepe escort