Buxoroda “Avtomobilsiz kun” shiori ostida ommaviy yurish marafoni boʻlib oʻtdi

Bugun, 4-sentyabr kuni Buxoro shahrida viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va viloyat IIB YHXB tashabbusi bilan mutasaddi rahbarlar va aholi ishtirokida piyoda yurish marafoni tashkil etildi.

Mazkur marafon “Avtomobilsiz kun” shiori ostida, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab quvvatlash va aholini jismoniy faolligini oshirish maqsadida oʻtkazildi. Bunda ikki mingdan ziyod axoli bevosita ishtirok etdi. Jumladan, viloyatdagi korxona, tashkilot, taʼlim muassasalari xodimlari hamda aholining barcha qatlami vakillari sportning ommalashuvi yoʻlida ibrat koʻrsatishdi.

Piyoda yurish inson tanasi uchun eng tabiiy jismoniy jarayon hisoblanadi. Lekin, koʻpchiligimiz aksariyat hollarda ish bilan biror manzilga yoʻl olar ekanmiz doimo avtoulovlardan foydalanishga oʻrganib qolganmiz.

Muntazam ravishda piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oldini oladi va tanadagi ortiqcha kaloriyani yoʻqotishda yordam beradi.

Shunday ekan, hayotingizning birlamchi muhim omili boʻlgan sogʻligingizga vaqtida eʼtibor qarating va kuningizning maʼlum bir vaqtini oilangiz yoki doʻstlaringiz bilan piyoda yurish bilan oʻtkazing.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *