Buxoroda badminton bo‘yicha viloyat ochiq chempionatiga start berildi

Buxoro viloyatida badminton sport turi bo‘yicha viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat badminton federatsiyasi  bilan hamkorlikda 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlanib  o‘tkazilayotgan musobaqada 2001-2007 yillarda tug‘ilgan havaskor sportchilar ishtirok etmoqda.

Mazkur musobaqaga viloyatning barcha tumanlaridan  100 nafardan ortiq sportchilar hamda 30 nafardan ortiq   havaskorlar  o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.  Chempionatning final bosqichi ertaga bo‘lib o‘tadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *