Buxoroda yanvar oyi mini futbol oyligi deb belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida respublikamiz boʻylab ommaviy sport tadbirlari va sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Jumladan, aholini ommaviy sportga jalb qilish, xar bir fuqaroda kasallik darajasini kamaytirib hamda uyushmagan yoshlarni sportga qiziqtirish, qolaversa aholi orasida sportni targʻib etish maqsadida Buxoro viloyatining barcha hududlarida sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Buxoro viloyatida yanvar oyi mini futbol oyligi deb belgilandi. Shu sababli barcha tuman, shaharlardagi tashkilot va muassasalar ishchi xodimlari hamda yoshlar oʻrtasida ayni kunlarda futbol musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Ushbu sport oyligi doirasidagi musobaqalarning final bahslari 31-yanvar kuniga belgilangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *