Buxoroda “Yoshlar haftaligi” doirasida sport tadbirlari oʻtkazildi

Joriy yilning 3-noyabr kuni Kogon tuman bolalar oʻsmirlar sport maktabi markaziy oʻyingohida 5 ta muhim tashabbusning 2- yoʻnalishi ijrosini taʼminlash hamda “Yoshlar haftaligi”ni munosib tarzda oʻtkazish maqsadida sportning futbol, basketbol, stol tennisi, tosh koʻtarish kabi sport turlaridan viloyat ochiq birinchiligi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Ushbu musobaqalarda 100 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishdi. Asosan futbol sport turi boʻyicha 2005-2006, 2007-2008-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar, basketbol sport turi boʻyicha 2010-2011-yillarda tugʻilgan bolalar, stol tennisi boʻyicha 2009-2011-yillarda tugʻilgan bolalar, tosh koʻtarish boʻyicha 2008-2009-yillarda tugʻilgan bolalar oʻrtasida musobaqalar hamda badiiy gimnastika boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar tashkil etildi.

Musobaqalarda ishtirok etib gʻolib boʻlgan barcha sportchilar Buxoro viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan ajratilgan diplom va medallar hamda Kogon tuman hokimligi tomonidan ajratilgan kubok va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *