“Charm toʻp-2020”. Fargʻona viloyatidan Toshkentga boradigan jamoa maʼlum

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi Yoshlar oʻrtasida “Charm toʻp” anʼanaviy futbol musobaqasini oʻtkazishga bagʻishlangan 1-sonli majlis bayoni ijrosini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3031-son qarori, 2019-yil 19-mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot-texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi majlis bayoni ijrosini taʼminlashda ikkinchi yoʻnalish boʻyicha yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “Charm toʻp” anʼanaviy futbol musobaqasining viloyat bosqichlari oʻtkazilmoqda.

“Charm toʻp” anʼanaviy futbol musobaqasida oʻtgan yilga nisbatan biroz oʻzgartirish kiritildi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar tuman(shahar)larida mahallalararo 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan boʻlsa, bu yil 15 – 16 yoshdagi mahalla bolalari ishtirok etishmoqda.

Jumladan, mazkur musobaqaning Fargʻona viloyati bosqichi 9-10-sentyabr kunlariga belgilangan edi. Ushbu turnirning viloyat bosqichiga hududlardan 4 ta jamoa yetib keldi. Kecha yarim final bahslari oʻtkazilgan edi. Bugun esa ushbu musobaqaning final bahsi Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi markaziy oʻyingohda tashkil etildi.

“Charm toʻp” futbol musobaqasining final Fargʻona viloyati bosqichida Yozyovon tumani (Yozyovon MFY) va Oʻzbekiston tuman (Oqmachit MFY)lari oʻzaro bahs olib borishdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvda “Yozyovon” MFY jamoasining qoʻli baland keldi (6:1).

Endi Yozyovon tumanining “Yozyovon” MFY joriy yilning noyabr oyida Toshkentda Respublika bosqichida ishtirok etadi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlab oʻtmoqchimiz Andijon viloyatida 11-12-sentyabr kunlari “Charm toʻp” futbol musobaqasining viloyat bosqichi boʻlib oʻtadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *