“Charm toʻp-2020”: Toshkentda boʻlib oʻtadigan final bosqichida ishtirok etadigan soʻnggi jamoa nomi maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5887-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Nukus shahridagi “Turon” markaziy oʻyingohi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi futbol mahorat maktabida yangidan qurilgan oʻyingohida mahalla yoshlari oʻrtasida (15-16 yosh) “Charm toʻp” futbol musobaqasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi ham oʻtkazildi.

Musobaqaning respublika final bosqichida shahar, tumanlarda birinchi oʻrinni egallagan jami 14 jamoadan 224 nafar sportchi ishtirok etdi.

Musobaqa natijalariga koʻra Nukus shahri «Temir jol» MFY jamoasi 1-oʻrinni, Taxtakoʻpir tumani “Taxtakoʻpir” MFY jamoasi 2-oʻrinni hamda Qoraoʻzak tumani «Qutlы mekyen» MFY jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

Gʻolib va sovrindorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *