“Charm toʻp” futbol musobaqasida ishtirokchilarning imkoniyati ortadi…mi?!

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida futbol boʻyicha mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Charm toʻp-2020” futbol musobaqasining Respublika Ishchi guruhi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbir videoselektor tarzida tashkil etilib, uni Jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari Avazjon Karimov olib bordi.

Taʼkidlash kerak, bu yilgi “Charm toʻp” musobaqalarida oʻtgan yilgidan farqli oʻlaroq 15-16 yoshli oʻsmirlar gʻoliblik uchun bahs olib borishadi. Musobaqaning yakuniy Respublika bosqichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri mintaqalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 14ta eng kuchli mahalla jamoalari ishtirok etadi.

“Charm toʻp-2020” futbol musobaqasining Respublika bosqichi guruh shaklida oʻtadigan boʻldi, negaki olis yoʻl bosib kelgan jamoalar bitta oʻyinda yutqazishib, ortlariga ravona boʻlmaydi. Avvaliga ishtirokchi jamoalar qurʼa yordamida 4ta guruhga taqsimlanadi, oʻz guruhlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar esa yarim finalga yoʻl oladi.

Ishchi guruh yigʻilishida bu yilgi musobaqani karantin qoidalariga muvofiq tashkil etish, qolaversa Toshkentga kelayotgan jamoalar ham jamoat transportlarida karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishi kerakligi uqtirildi. Shuningdek, yigʻilishda yana bir qator masalalar muhokama qilinib, oʻz yechimini topdi.

Eslatib oʻtamiz, “Charm toʻp-2020” musobaqalarining guruh bosqichi hamda yarim final oʻyinlari 6-8-noyabr kunlari Toshkentdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida tashkil etilsa, 9-noyabr kuni boʻladigan final oʻyiniga “Milliy” stadion mezbonlik qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *