“Charm toʼp-2020” respublika final bosqichiga qurʼa tashlandi

Avval xabar berib oʼtganimizdek, shu kunlarda futbol boʼyicha mahalla yoshlari oʼrtasida “Charm toʼp-2020” anʼanaviy toʼrt bosqichli sport musobaqasi boʼlib oʼtmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi va Oʼzbekiston Futbol assotsiatsiyasi hamkorligida oʼtkazilayotgan mazkur futbol bayramining qurʼa tashlash marosimi oʼtkazildi.

6-noyabrdan start oladigan saralash oʼyinlarida Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan kelgan 14 ta jamoa ishtirok etadi. Har bitta jamoada 15 nafardan ishtirokchi boʼlib, oʼyinlar 11 ga 11 shaklida tashkil etiladi. Ishtirokchilarning yosh koʼrsatgichi 15-16 yosh etib belgilangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *