“Charm to‘p” musobaqasining Jizzax viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlarlari to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining qo‘shma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda mahalla yoshlari o‘rtasida (15-16 yosh) “Charm to‘p” futbol musobaqasining viloyat guruh bosqichiga 2020 yil 7 sentyabr kuni start berilgan edi.

Viloyatning 13 ta tuman va shaharlaridan musobaqaning quyi bosqichlaridan saralanib kelgan jamoalar hududlarga bo‘lingan holda saralash bahslarida ishtirok etishdi. Guruhlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 4 ta jamoalari joriy yilning 21 sentyabr kuni respublika final bosqichiga chiqish uchun o‘zaro bellashdilar.

Dastavval, yarim finalning 1-juftligi G‘allaorol tumanining “Olimlar” va Mirzacho‘l tumanining “Mustaqillik” jamoalari yashil maydonda uchrashishdi. Murosasiz kechgan o‘yinda G‘allaorollik yoshlar 2-1 hisobida g‘alaba qozondi. Musobaqaning 2-yarim finalida Zarbdor tumaning “Baxt” va Paxtakor tumaning “Olmazor” jamoalari yashil maydonda kuch sinashib, yakunda 2:1 hisobida “Baxt” jamoasi g‘olib chiqdi. 3-o‘rin Mirzacho‘l tumanining “Mustaqillik” jamoasiga nasib etdi ular 3-o‘rin uchun bahsda Paxtakor tumaning “Olmazor” jamoasi ustidan 1:0 hisobida ustun kelishdi.

“Charm to‘p” futbol musobaqasining viloyat bosqichi final o‘yinida G‘allaorol tumanining “Olimlar” va Zarbdor tumanining “Baxt” jamoalari bellashdi. Final o‘yini yakuniga ko‘ra o‘z raqibidan har tomonlama ustunlik qilgan “Olimlar” jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, “Charm to‘p-2020” musobaqasining Jizzax viloyati bosqichi g‘olibiga aylandi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi tomonidan kubok, medal va diplom bilan taqdirlandilar.

Ushbu musobaqaning respublika final bosqichida Jizzax viloyati sharafini G‘allaorol tumanining “Olimlar” jamoasi himoya qiladigan bo‘lishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *