“Charm to‘p” musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi g‘olibi aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi «O‘zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlarlari to‘g‘risida»gi PF-5887-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining qo‘shma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda mahalla yoshlari o‘rtasida (15-16 yosh) “Charm to‘p” futbol musobaqasining Toshkent viloyati final bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqaning viloyat bosqichi Quyichirchiq tumanida joylashgan  “Paxtazor” futbol maydonida bo‘lib o‘tdi. Shuni taʼkidlash lozimki, “Charm to‘p” musobaqasining viloyat final bosqichiga qadar Toshkent viloyati tumanlarining jami 252 ta mahallasidan 5 minga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.

Musobaqaning yarim finali doirasida o‘z hududlaridan saralangan Yuqorichirchiq tumanining “Qorasuv” MFY, Olmaliq shahrining “Ibn Sino” MFY, Yangiyo‘l tumanining “Keskin” MFY hamda Oqqo‘rg‘on tumanining “Hamzaobod” MFY jamoalari g‘oliblik uchun  kurash olib borishdi.

Birinchi yarim finalda Olmaliq shahrining “Ibn Sino” MFY jamoasi Oqqo‘rg‘on tumanining “Hamzaobod” MFY jamoasiga qarshi to‘r surishdi. Uchrashuvda oqqo‘rg‘onlik futbolchilar 2-0 hisobida Olmaliq shahar futbolchilarini mag‘lub etishdi.

Ikkinchi yarim finalda Yuqorichirchiq tumanining “Qorasuv” MFY jamoasi Yangiyo‘l tumanining “Keskin” MFY jamoasiga qarshi to‘r surishdi. Uchrashuvda yuqorichirchiqlik  futbolchilari  3-0 hisobida Yangiyo‘l tuman futbolchilarini mag‘lub etishdi.

Shu asnoda finalda Oqqo‘rg‘on tumanining “Hamzaobod” MFY jamoasi Yuqori Chirchiq tumanining “Qorasuv” MFY jamoasi o‘zaro bahs olib borishdi.

Qiziqarli va gollarga boy o‘tgan final bahsida Oqqo‘rg‘on tumanining “Hamzaobod” MFY jamoasi 3:1 hisobida ustun kelib, Respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *