Chiroqchida yangi zamonaviy sport obyekti foydalanishga topshirildi

Prezidentimiz tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi yoʻnalishi bevosita jismoniy tarbiya va sportga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi

“2020 – 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-iyuldagi 654-F-sonli farmoyishi bilan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Yangiobod” mahallasida zamonaviy, qulay va ixcham sport majmuasi qurib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu sport majmuasining ochilish marosimi ham koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi. Yangidan qad rostlagan sport majmuasida mahalla sportchilari ishtirokida kurash, MMA, dzyudo va taekvondo boʻyicha chiqishlar namoyish etildi.

Endilikda bu maskanda shu atrofda istiqomat qiluvchi yuz nafardan ortiq oʻgʻil-qizlar sportning kurash, MMA, dzyudo, taekvondo turlari bilan muntazam shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Kelgusida bu kabi sport inshootlarini viloyatning barcha tuman, shahar va mahallarida barpo etgan holda yosh avlod, qolaversa aholining barcha qatlamlarini sogʻlom turmush tarziga jalb etish maqsad qilingan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *