Dilmurod NABIYEV: “Sport va umumtaʼlim maktablariga 100 milliard soʻmlik sport jihozlari taqdim etiladi”

Xalqaro press-klubning bugungi sessiyasi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Parlamenti va xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasiga bagʻishlandi. Sessiyada ishtirok etgan Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev spikerlarning savollariga javob qaytardi.

– Hozirgi kunda mamlakatimizda qariyb 19% aholi jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilingan. Ushbu koʻrsatkichni 2021-yil yakuniga qadar

25 foizga yetkazishga harakat qilamiz. Yaʼni, mamlakatimizning 8,6 mln aholisi sportga jalb qilinadi. Bu natijaga aholi orasida jismoniy tayyorgarlik darajasi sinovlarini yoʻlga qoʻygan holda erishmoqchimiz.

Bundan tashqari, bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda har bir hududni har oyda sportning maʼlum bir turiga, yaʼni aholi orasida keng ommalashgan badminton, stol tennisi, voleybol, basketbol, mini-futbol hamda shashka-shaxmat kabi turlariga ixtisoslashtiramiz. Misol uchun, yanvar oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi voleybol sport turiga ixtisoslashadi. Har bir tuman, shahar va chekka hududlarda ham ushbu sport turi boʻyicha musobaqalar tashkil etiladi. Bunda mahallalarda gʻolib boʻlgan jamoalar ikkinchi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi va shu tarzda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Oldimizda turgan eng muhim vazifalardan yana biri – 70ta jismoniy tarbiya va sport taʼlimi muassasalari, 16 mingta maktabgacha taʼlim muassasasi hamda umumtaʼlim maktablari sport jihozlari bilan taʼminlanadi. Vazirlik tizimidagi sport taʼlim muassasalariga 38 mlrd. soʻmlik jihozlar yetkazib berilsa, maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim maktablariga esa 62 mlrd. soʻmlik sport inventarlari taqdim etiladi.Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *