Duatlon boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi

Duatlon sport turi yugurish, velopoyga va qisqa masofaga yugurish bahslarini oʻz ichiga oladi. Odatda duatlon musobaqalari Triatlon federatsiyasi tomonidan oʻtkazib kelinadi.

Joriy yilgi musobaqalar taqdim rejasiga koʻra duatlon boʻyicha Oʻzbekiston chempionati aprel oyida oʻtkazilishi belgilangan edi.

Biroq, yurtimizda joriy qilingan karantin talablariga koʻra, musobaqalar oʻtkazish muddati oʻzgartirildi.

Shu yilning 8 noyabr kuni poytaxtimiz Toshkentda duatlon boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi. Mazkur chempionatning yugurish bahslari Xalqlar doʻstligi saroyi aylanasi boʻylab tashkil etiladi. Unda ishtirokchilar birinchi bosqichda 5 km masofaga yugurishsa, 3 bosqichda 2,5 km masofada oʻzlarini sinab koʻrishadi.

Ikkinchi bosqichda esa 20 km masofaga velopoyga bahslari tashkil etilib, unda ishtirokchilar Xalqlar doʻstligi saroyidan start olib, Beshyogʻoch maydoni va Baynalminal koʻchalarini aylanib oʻtgan holda Oliy Majlis binosi yonida finishga yetib kelishadi.

Shu munosabat bilan tashkilotchilar Toshkent shahri aholisi va mehmonlarini 8-noyabr kuni duatlon boʻyicha Oʻzbekiston chempionati sababli poytaxtimizning ayrim koʻchalari yopilishidan ogohlantiradi.Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *