Dzyudo: belbogʻlar rangi oʻzgardi

Azia Center Dzyudo markazi Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi koʻmagida yosh dzyudochilar uchun rangli belbogʻlar uchun imtixon oʻtkazdi. Ikki yuz nafarga yaqin dzyudochilar KU talab va majburiyatlarini muvaffaqiyatli tarzda topshirishdi hamda yangi rangli belbogʻga ega boʻldilar. Bu bilan ular bir daraja yuqoriga koʻtarilib ham olishdi. 
Tadbirda Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari Avazjon Karimov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi rais oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, terma jamoamiz bosh murabbiyi Ilias Iliadis, terma jamoa aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Ota-onalar esa farzandlari bajargan mashqlarni katta hayajon bilan kuzatib borishdi. 

“Bugun sizlar uchun unutilmas kun. Tom maʼnoda katta yoʻlining boshida turibsizlar. Mashgʻulotlar va musobaqalarda orttirgan tajribangizni hakamlar nazoratidan oʻtkazdinglar. Sizlarga tilagim, mehnat qilishdan aslo toʻxtamang. Faqat mehnat evaziga maqsadga erishish mumkin. Fursatdan foydalanib, sizlarga yorqin faoliyat tilayman”, – dedi dzyudo afsonasi, Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni Ilias Iliadis. 
Imtixon yakunida dzyudochilarga sariq, toʻq sariq va yashil rangdagi belbogʻlar tantanali ravishda topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *