Dzyudo: ertaga oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oladi, bu mavsumning soʻnggi musobaqasi

Shu yil 22-24-dekabr kunlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq, dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkaziladi. Bu Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining joriy yil taqvim rejasidan oʻrin olgan soʻnggi musobaqasi sanaladi.

Musobaqa poytaxtimizdagi Mudofaa vazirligi sport majmuasida oʻtkaziladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi mamlakat chempionati bahslarida 2005-2006-yillarda tugʻilgan eng kuchli oʻsmir dzyudochilar aniqlanadi.

Ishtirokchilar sonining 800 nafardan ziyod ekani bellashuvlarning murosasiz oʻtishiga zamin yaratmoqda. Bugun dzyudochilarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston chempionatiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi. Shuningdek, hakamlar uchun ham seminar ham tashkil etiladi. Ertadan esa qizgʻin bellashuvlar boshlanadi.Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *