Dzyudo: oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakunlandi. Gʻoliblar bilan tanishing

Poytaxtimizdagi Mudofaa vazirligiga qarashli sport majmuada boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati oʻz poyoniga yetdi.

Uch kun davomida jami 20 ta vazn toifasida mamlakatimizning 2005-2006-yillarda tavallud topgan jami 800 nafardan ziyod eng kuchli oʻsmir dzyudochilari gʻoliblik uchun bellashishdi. Musobaqa ishtirokchilari sonining bu qadar koʻpligi bellashuvlarning murosasiz oʻtishiga zamin yaratdi.

Quyida Oʻzbekiston chempionatining barcha gʻoliblari bilan tanishing:
Oʻsmirlar
-35 kg vazn toifasi
1. Boboqulov Yusuf (Buxoro)
-38 kg vazn toifasi
1. Saʼdullayev Laziz (Buxoro)
-42 kg vazn toifasi
1. Roʻzimatov Izzatbek (Xorazm)
-46 kg vazn toifasi
1. Ibrohimov Anvarjon (Buxoro)
-50 kg vazn toifasi
1. Saparbayev Roʻzmat (Toshkent viloyati)
-55 kg vazn toifasi
1. Husanov Saddam (Toshkent shahri)
-60 kg vazn toifasi (51 ishtirokchi) 
1. Husanov Otabek (Toshkent shahri)
-66 kg vazn toifasi
1. Jabborov Alixon (Buxoro)
-73 kg vazn toifasi
1. Egamberdiyev Murodulla (Qashqadaryo)
+73 kg vazn toifasi
1. Maqsudov Mahmudjon (Qashqadaryo)

Qizlar
-30 kg vazn toifasi
1. Hasanova Dilrux (Jizzax)
-33 kg vazn toifasi
1. Hamroyeva Dildor (Buxoro)
-36 kg vazn toifasi
1. Orifjonova Kamola (Sirdaryo)
-40 kg vazn toifasi
1. Ergashboyeva Durdona (Andijon)
-44 kg vazn toifasi
1. Mamatova Rayhona (Jizzax)
-48 kg vazn toifasi
1. Ahmedova Gavhar (Buxoro)
-52 kg vazn toifasi
1. Aralbayeva Aselxan (Toshkent viloyati)
-57 kg vazn toifasi
1. Razzoqberdiyeva Xurshida (Xorazm)
-63 kg vazn toifasi
1. Nurilloyeva Marjona (Samarqand)
+63 kg vazn toifasi
1. Yoʻldosheva Mohirabonu (Navoiy)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *