Dzyudo: Yangi nomlar, yangi chempionlar

Bugun poytaxtimizdagi “Unisversal” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Mamlakat birinchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 400 nafarga yaqin yosh iqtidor egalari tatamiga chiqishdi.
2000-2002 yillarda tavallud topgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida o‘g‘il bolalar va qizlar 8 tadan vazn toifasida musobaqa medallari uchun kurashdi.

Dzyudo yurtimizda keng ommalashgan, sevimli sport turlaridan hisoblanadi. Olimiyada o‘yinlari doirasida ham yurtimiz dzyudo ustalari medal olish imkoniyatlari yuqori baholanib kelinadi.

21-22 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan bahslarda ham O‘zbek dzyudosi uchun munosib izdoshlar yetishib chiqayotganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Ippon va vazarilarga boy o‘tgan musobaqa haqiqiy sport bayramiga aylanib ketdi.
Chempionatning yana bir ahamiyatli jihati yangi chempiomlar, yangi nomlarni kashf etdik.

Quyida g‘olib va sovrindorlar bilan tanishishingiz mumkin.



O‘g‘il bolalar:

-55 kg
1. Mirshod Rahmonov (Buxoro)
2. Muhammadi Anorov (Surxondaryo)
3. Bahrom Yusupov (Xorazm)
3. Jabbor Kamolov (Buxoro)

-60 kg
1. Mirfayz Bahriddinov (Buxoro)
2. Abdulbosit Abdusalimov (Toshkent)
3. Mirfayz Muhammedov (Toshkent viloyati)
3. Asadbek Obidov (Buxoro)

-66 kg
1. Bobur Vadjiyev (Toshkent viloyati)
2. Muhammadali Saydullayev (Toshkent)
3. Abduraim Nutfullayev (Toshkent viloyati)
3. Umarbek Ibragimov (Toshkent)

-73 kg
1. Jaloliddin Boynazarov (Surxondaryo)
2. Bahromjon Mashrapov (Andijon)
3. Javohirbek Saparov (Toshkent viloyati)
3. Bunyod Esonov (Navoiy)

-81 kg
1. Ramazon Alladerdiyev (Surxondaryo)
2. Jaloliddin Qurbonmurodov (Qashqadaryo)
3. Hakimboy Yarashev (Samarqand)
3. Sardor Rahmatov (Buxoro)

-90 kg
1. Sardor Xurramov (Toshkent viloyati)
2. Ernazarbek Xurramov (Toshkent viloyati)
3. Abdulla Abdullayev (Qashqadaryo)
3. Dilshodjon Bahodirov (Buxoro)

-100 kg vazn toifasi
1. Muzaffarbek To‘raboyev (Toshkent shahri)
2. Yernazar Sarsenbayev (Qoraqalpog‘iston)
3. Rufat Xudakov (Toshkent shahri)
3. O‘tkirbek To‘raboyev (Toshkent shahri)

+100 kg
1. Shoxruhxon Baxtiyorov (Toshkent shahri)
2. Islombek Ravshanqulov (Toshkent shahri)
3. Shoxruh Mamarasulov (Surxondaryo)
3. Temur Xajiyev (Xorazm)

Qizlar:

-44 kg

1. Gulshoda Xalilova (Namangan)
2. Anorxon Qambarova (Namangan)
3. Diyora Rahimova (Namangan)
3. Laziza Sa’dullayeva (Xorazm)

-48 kg
1. Dillola Dehqonboyeva (Namangan)
2. Sarviniso Abdullayeva (Sirdaryo)
3. Ozodaxon Sa’dullayeva (Xorazm)
3. Ko‘hinurbonu Ikromova (Andijon)

-52 kg
1. Umida Jumaniyazova (Qoraqalpog‘iston)
2. Yulyana Maksetbayeva (Qoraqalpog‘iston)
3. Kimyoxon Samandarova (Xorazm)
3. Zarnigor Rahmiddinova (Toshkent)

57 kg
1. Ibodatxon Agajonova (Andijon)
2. Sitora Elmurodova (Toshkent shahri)
3. Madina Astanova (Jizzax)
3. Feruza Usmonova (Toshkent shahri)

-63 kg
1. Gulsevar Abdumutalipova (Andijon)
2. Zebo Yoqubova (Xorazm)
3. Mehribonu Nuriddinova (Namangan)
3. Mamlakat Sultonova (Xorazm)

-70 kg
1. Farangiz Xolmurodova (Qashqadaryo)
2. Sitora Qodirova (Samarqand)
3. Dilbar Yusupova (Toshkent shahri)

78 kg
1. Irisxon Qurbonboyeva (Xorazm)
2. Mohinsaxon Husanova (Andijon)
3. Gulchehra Bobomurotova (Samarqand)
3. Pokiza Kamoliddinova (Farg‘ona)

+78 kg
1. Xosiyat Masharipova (Xorazm)
2. Charosxon Ozadova (Xorazm)
3. Dilfuza Rustamova (Toshkent viloyati)

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *