Elnur Abduraimovdan chuqur nokautli gʻalaba

Bugun tom maʼnoda boks kuni boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Professional boksda ham faoliyat olib borayotgan Bahodir Jalolov meksikalik Uilfredo Lilga qarshi ringga koʻtarilib, bir necha bor nokdaun holatiga tushirgan Jalolov professional boksdagi yettinchi jangida yettinchi gʻalabasini qoʻlga kiritgan edi.

Bugun yana bir bokschimiz Professional boksning yengil vazn (61,2 kg) toifasida harakat qilib kelayotgan Elnur Abduraimov (6-0, 6 KO) oʻzining 6-jangini oʻtkazdi.

Meksikada oʻtkazilgan boks kechasida Elnurga 22 yoshli Abraham Oliva (4-1, 3 KO) raqiblik qildi. Elnur jangni faollik bilan boshladi va hech qancha vaqt oʻtmay raqibini chuqur nokaut holatiga tushirdi va jang yakunlandi.

Elnur Abduraimov professional boksdagi 6-jangida 6-nokautli gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Bokschilarimizga kelgusi janglarida ham omad yor boʻlishini tilab qolamiz!Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *