Endi OʻzDJTSUda shaxmat boʻyicha ham oliy maʼlumotli trenerlar tayyorlanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan videoselektor shaklida oʻtkazilgan 58-sonli majlis bayoni qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi”ning 6-bandida “Yoshlarni sportning shaxmat turiga qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va ushbu yoʻnalishda professional mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida shaxmat taʼlim yoʻnalishini ochish” vazifasi belgilangan edi.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “5610545-Sport faoliyati: shaxmat» taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Qabul koʻrsatkichlari: 14 ta (4 ta grant, 10 ta toʻlov-kontrakt asosida).Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *