Endi Qashqadaryoda ham akademik eshkak eshish rivojlanadi

Suv sporti turlarini Qashqadaryo viloyatida ham keng targʻib qilish, ayniqsa, sportning akademik eshkak eshish turini voha yoshlari orasida yana-da ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida Suv sporti turlari boʻyicha Respublika Oliy sporti mahorati maktabi, Oʻzbekiston “Rowing & Canoe” federatsiyasi hamda Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan imzolangan qoʻshma memorandumga muvofiq, viloyatdagi Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida akademik eshkak eshish boʻlimi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻiga muvofiq, joriy yil 21-31-oktyabr kunlari sportning akademik eshkak eshish turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionati bahslarida respublikamizning 8ta viloyatidan jami 726 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Musobaqada qashqadaryolik sportchilar ham faol qatnashib, umumjamoa hisobida ilk bor 4-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston chempionati gʻolib va sovrindorlari Qashqadaryo viloyatida Suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sporti mahorati maktabi direktori K.Xolmatov hamda Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilari tomonidan munosib taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *