Erkin kurash: afsonaviy sportchimiz Dilshod Mansurov yana gilamda, lekin…

Navoiy shahrida sport kurashlari (yunon-rum, erkin va ayollar kurashi) boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati davom etmoqda.

Biroz avval Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi zalida erkin kurash boʻyicha final bellashuvlari oʻz nihoyasiga yetdi. Barcha 10 vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻlib ulgurdi.

Taʼkidlash joiz, 57 kg vazn toifasida yoshlar oʻrtasida Osiyo va jahon chempioni, oʻsmirlar Olimpiadasi gʻolibi Umidjon Jalolov oʻzi uchun yangi vazn toifasida imkoniyatini sinab koʻrdi. Umidli kurashchimiz 61 kg vaznda finalga qadar yetib borib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Bir necha yillik tanaffusdan soʻng faoliyatini qayta tiklagan erkin kurashimiz afsonasi, ikki karra jahon chempioni Osiyo oʻyinlarining uch karra gʻolibi, Osiyo chempioni Dilshod Mansurov Oʻzbekiston chempionatini chiroyli gʻalabalar bilan boshlagan edi. Lekin yakunda 37 yoshli kurashchimizga sovrindorlar safidan joy olish nasib etmadi.

Barcha gʻolib va sovrindorlar:

57 kg

1. Gʻulom Abdullayev (Xorazm)

2. Mahmudjon Shavkatov (Andijon)

3. Nodir Safarov (Toshkent viloyati)

3. Farrux Sharipov (Sirdaryo)

61 kg

1. Jahongirmirzo Turobov (Buxoro)

2. Umid Jalolov (Toshkent)

3. Abdullo Xursandov (Samarqand)

3. Sardor Roʻzimov (Xorazm)

65 kg

1. Nodir Rahimov (Andijon)

2. Jamshid Maʼrufov (Sirdaryo)

3. Rasul Nurimbetov (Surxondaryo)

3. Abbos Rahmonov (Navoiy)

70 kg

1. Sirojiddin Hasanov (Buxoro)

2. Husniddin Erkaboyev (Xorazm)

3. Feruz Yoqubov (Buxoro)

3. Rustam Joʻrayev (Sirdaryo)

74 kg

1. Mirzo Haitov (Buxoro)

2. Ramazon Ibodov (Buxoro)

3. Muslim Abdurashidov (Namangan)

3. Arslon Jumaboyev (Surxondaryo)

79 kg

1. Azizbek Fayzullayev (Toshkent shahri)

2. Jasurbek Usmonoxunov (Andijon)

3. Shohruh Sapayev (Andijon)

3. Oybek Maksetbayev (Surxondaryo)

86 kg

1. Bobur Islomov (Buxoro)

2. Sohib Hasanboyev (Toshkent shahri)

3. Nodir Egamberdiyev (Surxondaryo)

3. Behzod Tohirov (Navoiy)

92 kg

1. Rustam Shodiyev (Buxoro)

2. Ajiniyaz Saparniyazov (Qoraqalpogʻiston)

3. Temur Qutbiddinov (Navoiy)

3. Shahrizod Nosirov (Buxoro)

97 kg

1. Muhammadrasul Rahimov (Toshkent shahri)

2. Sardor Xolmatov (Toshkent shahri)

3. Bahodir Aslonov (Navoiy)

3. Abduxoliq Salimov (Qashqadaryo)

125 kg

1. Maqsud Veysalov (Sirdaryo)

2. Asilbek Abduraimov (Samarqand)

3. Umid Joʻrayev (Toshkent shahri)

3. Amir Nutfullayev (Buxoro)

Oʻzbekiston Sport kurashlari assotsitsiatsiyasi matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *