Erkin kurashchilarimiz “Yangiobod”da oʻquv-mashgʻulot yigʻinida

Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Olim Hikmatov va Abdurauf Bozorboyev murabbiyligida Toshkent viloyatining Angren shaharchasida joylashgan “Yangiobod” bazasida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazishyapti.

Ushbu yigʻin 24-dekabrga qadar davom etib, fevral oyida Qozogʻistonda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini oʻtab beradi. Kuni ikki mahaldan oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarda terma jamoamizning birinchi va ikkinchi raqamli kurashchilari ishtirok etishyapti.

Mashgʻulotlarda asosiy eʼtibor kross-yugurish, jismoniy tayyorgarlik, trenajyor zalida ishlash hamda sparringlarga qaratilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *