Ertaga dunyo tanigan chempionlar Uchtepa tumani 4-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurishadi

2019-yil 2Z avryst kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilish bayoniga muvofiq, Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 4-sonli umumtaʼlim maktabi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan otaliqqa olingan.

Taʼkidlash kerak, Uchtepa tumanidagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida sportga eʼtibor yuqori darajada. Shu sababli maktab oʻquvchilari sport arenalarida sezilarli yutuqlarga erishib kelmoqda. Bunday oʻquvchilar soni esa 31 nafarni tashkil qiladi.

18-dekabr kuni, yaʼni ertaga soat 11:00da ushbu taʼlim muassasasida Oʻzbekistonning taniqli sportchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etilishi rejalashtirilgan. Davra suhbati asnosida oʻquvchilarning sportga boʻlgan qiziqishlarini inobatga olgan holda sport turlari boʻyicha federatsiyalar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirish rejalashtirilgan.

Uchtepa tumanidagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida oʻtkaziladigan tadbirda quyidagi mashhur sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda:
Kamol Murodov – Kurash boʻyicha jahon chempioni;
Rishod Sobirov – dzyudo boʻyicha uch karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori;
Hasanboy Doʻsmatov – boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari gʻolibi;
Ruslan Nuriddinov – ogʻir atletika boʻyicha Olimpiya oʻyinlari gʻolibi;
Ixtiyor Navroʻzov – erkin kurash boʻyicha Olimpiya oʻyinlari sovrindori;
Murod Xontoʻrayev – Aralash jang boʻyicha jahon chempioni;
Dmitriy Shokin – taekvondo VTF boʻyicha ikki karra jahon chempioni;
Nadiya Dusanova – yengil atletika boʻyicha yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi;
Nigora Tursunqulova – taekvondo VTF boʻyicha yozgi Osiyo oʻyinlari sovrindori
Timur Kapadze – futbol boʻyicha koʻp karra Oʻzbekiston chempioni, mamlakat U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi.

Barcha turdagi OAV xodimlari va blogerlarni mazkur tadbirga taklif etamiz.Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *