Ertaga Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi

17-dekabr kuni soat 15:00da Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasida “Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan tashkilotchilar oʻziga xos jozibador sport turi bilan yaqindan tanishish istagida boʻlgan barcha yoshlar hamda yurtdoshlarimizni “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi.

Dastur doirasida yurtimizning taniqli taekvondochilaridan Dmitriy Shokin, Jasur Boyqoʻziyev, Nigora Tursunqulova va Madinabonu Mannopovalar ishtirokida mahorat darslari oʻtkaziladi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad, poytaxtimiz yoshlari va aholisi orasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish, bu borada ularni taekvondo WT sport turiga qiziqtirishdan iborat.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *